XVJ rahbari: Brexitdan so‘ng YeI qaror qabul qilishi yengillashadi

Jahon 09:48 / 04.07.2016 5495

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining ijrochi direktori Kristin Lagardning bayonot berishicha, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi, tashkilotga qarorlarni qaror qabul qilishda yengillik va erkinlik beradi, deb yozmoqda The Financial Times.

«Men yevropalik komissarlarning: "Bu shunchalik murakkabki, britaniyaliklar tufayli qaror qabul qila olmayapmiz" deganlarini ko‘p eshitganman. Balki,  Britaniya davra atrofida o‘tirmayotgan vaqtda, o‘sha ishlarni bajarib olgan yaxshidir», - degan Kristin Lagard.

Lagardning qayd etishicha, umuman olganda Brexit voqeasiga optimistik ruhda yondashish kerak. 

Avvalroq, Yevropa markaziy banki boshqaruv kengashi a'zosi Vilrua de Galo, "britaniyaliklar Brexitdan so‘ng ikkita muammo— inflyatsiya va iqtisodiyotning turg‘unligiga duch kelishadi", - degan fikrlarni bildirgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: