«Manchester Siti»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan Xosep Gvardiola undan intervyu olgan «Oazis» rok guruhi qo‘shiqchisi Noel Gallaxer bilan biroz hazillashdi.
«Manchester Siti» chempionlar ligasida o‘ynamasa, uni boshqararmidim? Yo‘q (kuladi). Albatta, men har qanday sharoitda jamoani qabul qilishga tayyor edim. Chempionlar ligasi yoki boshqa musobaqa, farqi yo‘q. Men Manchesterda ishlashni xohlagandim. Buning ustiga biz hali chempionlar ligasida emasmiz, avval pley-offdan o‘tishimiz kerak»,- deydi murabbiy.