Gruziyada o‘tgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik atletlar qator medallar sohibi bo‘lishdi

Sport 23:56 / 04.07.2016 5329

Gruziyaning Tbilisi shahrida yigirma yoshgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari bitta oltin, uchtadan kumush va bronza medal bilan taqdirlandi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Dunyoning 47 davlatidan 250 dan ziyod sportchi ishtirok etgan chempionatda o‘zbekistonlik iqtidorli polvon Farhod Sobirov vazni 94 kilogrammgacha bo‘lgan atletlar bahsida ikkikurash yakuni bo‘yicha 373 kilogramm natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. U shtangani dast ko‘tarishda 170 kilogramm, siltab ko‘tarishda esa 203 kilogramm natija bilan ikkita kumush medalga ham ega bo‘ldi. 

Vazni 77 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashgan Shahzod Xudoyberganov shtangani siltab ko‘tarishda 184 kilogramm natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. 

Vazni 58 kilogrammgacha bo‘lgan qizlar bahsida Muattar Nabiyeva shtangani dast ko‘tarishda 95 kilogramm, siltab ko‘tarishda 112 kilogramm, ikkikurash yakuniga ko‘ra, 207 kilogramm marrani zabt etib, uchta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Ko‘proq yangiliklar: