Gretsiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dimitris Mardasning Russia Today telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, rasmiy Afina joriy yilda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun 9 mlrd yevroga yaqin sarmoya sarflaydi.
"Yevropa barqarorlashtirish mexanizmidan olingan 7,5 mlrd yevroning 3,8 mlrdi mamlakat iqtisodiyotida qoladi. Qolgani qarzni to‘lashga sarf etiladi. Bundan tashqari, mintaqaviy jamg‘armalardan yana 4 mlrd yevro jalb etmoqchimiz. Bu esa, yil oxiriga kelib, iqtisodiyotga kiritish uchun 8 mlrd, ehtimol 9 mlrd yevro mablag‘ bo‘lishini anglatadi", - degan Mardas.
Siyosatchining fikricha, olingan mablag‘larning bunday sarf etilishi 2016 yildayoq o‘z samarasini berishi mumkin.