Google kompaniyasi virtual reallik sohasi bo‘yicha rivojlanish ishlarini davom ettirmoqda. Chrome brauzerining dasturchilari mobil qurilmalarda VR rejimni integratsiyalashdi. Sinov jarayonida mashhur brauzerning so‘nggi versiyasi — Chrome Dev'ga ega bo‘lgan foydalanuvchilar ishtirok etishi mumkin.
Yangi Chrome'da paydo bo‘lgan sozlama WebVR standartiga asosan VR qurilmalarni VR saytlar bilan moslashtira oladi. Bu haqda Road To VR xabar berdi.
"Chrome Dev'da endilikda Daydream qurilmalariga tayyor foydalanuvchilar yoki Cardboard egalari uchun veb-sahifalarni VR rejimda tomosha qilishga imkon beruvchi VR Shell sozlamasi mavjud", - deydi Google Chromium loyihasining ishtirokchisi Fransua Bofor.
Dasturchilarning so‘zlariga ko‘ra, yangi funksiya mutlaqo istalgan saytni (sayt VR uchun yaratilganidan qat'i nazar) virtual reallikda tomosha tomosha qilish uchun moslashtira oladi.
Hozircha texnologiyaning ommaviy foydalanishga chiqish sanasi ma'lum emas. Uni faqatgina VR rejim asosidagi Google Daydream taqdimotidan so‘ng kutish mumkin — ya'ni 2016 yil oxiri yoki undan keyinroq.
Radioteleskopdan foydalana boshlashdan avval u astoydil sinovdan o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.