Dunyodagi eng qimmat mehmonxona binosi Makkada joylashganligi ma'lum qilindi

Jahon 22:43 / 04.07.2016 28155

Dunyodagi eng qimmatbaho mehmonxona majmuasi Saudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan Abraj Al-Bait deb nomlangan bino bo‘ldi. Uni qurish uchun 15 milliard dollar pul sarflangan. Bu shu paytgacha eng qimmat bino hisoblanuvchi Singapurda joylashgan mehmonxona Marina Bay Sands binosidan ikki baravar qimmatdir. Bu haqda Tranio portali tadqiqotlar natijasida ma'lum qilgan.

Abraj Al-Bait qurilishi sakkiz yildan beri davom etmoqda. Majmua o‘zida olti minora, yashash appartamentlarini qamrab oladi. U yarim million kvadart metr maydonda qad rostlamoqda. Unda, shuningdek, besh qavatli savdo markazi va anjumanlar zali ham joylashgan. Bundan tashqari, bino ichida ibodatga kelgan hojilar uchun ibodatxona joylashgan bo‘lib, unda 10 ming kishi ketadi. Mehmonxonaning o‘zi umumiy hisobda 100 ming kishini sig‘dira oladi.

Eng baland osmono‘par Abraj Al-Bait — Makkah Royal Clock Tower Hotel («Qirollik soatli minorasi») — 601 metr bo‘lib, dunyodagi eng baland bino hisoblanadi. Yuqorida joylashtirilgan soatning diametri 43 metr bo‘lib, uni 25 km uzoqlikdan ko‘rish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: