Britaniya tashqi ishlar vaziri bosh vazir lavozimiga ichki ishlar vazirining nomzodini qo‘llab-quvvatladi 

Jahon 23:43 / 04.07.2016 4027

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xammond Konservativ partiya yetakchisi va mamlakat bosh vaziri lavozimiga mamlakat ichki ishlar vaziri Tereza Meyning nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Men bilamanki, Tereza davlatimizni olg‘a olib borish uchun zarur bo‘lgan jihatlar va fe'l-atvor, davlatimizni referendumdan keyin birlashtirish uchun zarur bo‘lgan osoyishta qat'iyatlilik va oqilonalikka, jamiyatimizdagi chuqur ziddiyatni yengib o‘tishga imkon beradigan rejaga ega", deb ta'kidlab o‘tdi Xammond.

Mey Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimiga saylovlarda yetakchi hisoblanadi. Undan keyin kattagina farq bilan adliya vaziri Maykl Gouv kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: