Britaniya bosh vazirligiga nomzod yil oxiriga qadar YeIdan rasman chiqish zarurati haqida ma'lum qildi

Jahon 19:31 / 04.07.2016 3945

Konservativ partiya yetakchiligi hamda Buyuk Britaniya bosh vazirligiga nomzod, sobiq mudofaa vaziri Liam Foks hukumat zudlik bilan Lissabon kelishuvining YeIdan chiqishga doir 50-moddasini amalga oshirishni yo‘lga qo‘yishi kerakligini ma'lum qildi. Siyosatchi Londonda bosh vazir lavozimiga o‘z nomzodini taqdim etayotib, shunday fikr bildirdi.  Bu haqida TASS agentligi xabar qildi

Foksning so‘zlariga ko‘ra, YeIdan rasman chiqish jarayonini hozirning o‘zidayoq boshlab, joriy yilning oxiriga qadar tugatish lozim. Muzokaralarning bunday qisqa fursatlarda amalga oshirilishi, nomzodning fikricha, YeIga a'zo mamlakatlar fuqarolariga sezilarli ta'sir ko‘rsatmasligi kerak.

"Men ularning tashkilotda qolishini istardim. O‘ylashimcha, bu to‘g‘ri yo‘l", - dedi u. 

Foks kelajakda YeIda ishchi kuchining erkin harakatlanish huquqidan voz kechish uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilishini bildirdi.

"Ayonki, britaniyaliklar erkin harakatlanish tamoyilini inkor etishadi va uning kelajakda savdo kelishuvida saqlanib qolishi (Bryussel bilan) bizning xalq manfaatiga zid bo‘ladi", - deya hisoblaydi sobiq vazir.

Konservativ partiya yetakchisi hamda bosh vazir lavozimi uchun kurashda Foksdan tashqari yana 4 nomzod ishtirok etmoqda: IIV rahbari Tereza Mey, Energetika va iqlim o‘zgarishlari vazirligi rahbar o‘rinbosari Andrea Lids, Adliya vaziri Maykl Gouv, Mehnat vaziri Stiven Krabb. Yangi bosh vazirning nomi 9 sentabrga qadar ma'lum qilinishi kerak. 
 

Ko‘proq yangiliklar: