Iroqliklar 4 iyul kuni terrorchi-xudkushlar hujumi tufayli halok bo‘lgan 200dan ortiq kishining xotirasiga hurmat bajo keltirishdi. Bu mamlakat tarixidagi eng yirik teraktlardan biri sifatida qayd etildi.
3 iyul kuniga o‘tar kechasi Iroq poytaxtining Karrada tumani aholisi shu hafta nishonlanadigan Ramazon hayitiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bozorlik qilishga chiqqandi. Bu kishilarning ko‘pchiligi terrorchilar hujumi qurboniga aylanishdi.
Bu fojia iroqliklar orasida hukumatdan norozilik kayfiyatini keltirib chiqardi. Zero ularning fikricha, hukumat xalqning xavfsizligini ta'minlashga qodir emas. Mazkur voqea Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiyning Bag‘dodda xavfsizlik bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirishiga turtki bo‘ldi.
Hukumat hujum qurbonlari xotirasiga 3 kunni motam kuni deb e'lon qildi va teraktni sodir etgan jinoyatchilarni "jazolash"ga va'da berdi.
Xavfsizlik va tibbiyot sohalari vakillarining ma'lum qilishicha, Bag‘dodda amalga oshirilgan terakt natijasida kamida 213 kishi halok bo‘lgan hamda 200 nafaridan ortig‘i jiddiy jarohat olgan. Bu hodisa davlatning IShIDdan Al-Falujani tortib olganidan bir hafta o‘tib sodir bo‘lgani e'tiborni tortmay qolmadi. Hozirda Iroqda faqat Mosul shahri jangarilar nazorati ostida qolgan.
Favqulodda vaziyatlar vakillari qurbonlarning oila a'zolari hamda yaqinlari portlashlardan keyin yo‘qolganlarni qidirishda davom etishmoqda.
Fuqaro muhofazasi kuchlari a'zosi halok bo‘lganlarning tanalarini tiklash uchun bir necha kun kerak bo‘lishini ta'kidladi.
24 yoshli sobiq zobit Husayn Alining aytishicha, uning oilasiga tegishli do‘konda faoliyat yuritgan 6 nafar ishchisi halok bo‘lgan, ularning tanalari shu qadar yonib ketganki, hattoki marhumlarning shaxsni aniqlashning iloji bo‘lmagan.
IShID xudkush-terrorchi harakati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi va buni "xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiya" deya izohladi.
Jangari guruh Iroqning shia mazhabiga oid musulmonlarga Bag‘dod va boshqa shaharlarda sunniy mazhabdagilar tez-tez hujum qilib turishini ta'kidlagan.
BMTning Iroqdagi elchisi Yan Kubish "misli ko‘rilmagan jirkanch harakatlar" yuzasidan mamlakat hukumatini aybdorlarni topib jazoga tortishga chaqirdi.
Al-Falujadagi teraktdan so‘ng Iroq butun e'tiborini ikkinchi shahar - Mosulga qaratmoqda va IShID hujumlarini imkon qadar bartaraf etishga kirishmoqda.