Avstraliyalik tennischi Stosur Olimpiada o‘yinlariga to‘rtinchi bor ketma-ket ishtirok etadigan bo‘ldi

Sport 11:22 / 04.07.2016 2857

AQSh ochiq chempionati g‘olibi avstraliyalik tennischi Samanta Stosur faoliyati davomida to‘rtinchi bor ketma-ket Rioda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu haqda  Avstraliya milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Stosur Olimpiada o‘yinlariga ilk bor 2004 yil qatnashgan edi. U yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ilk avstraliyalik tennischi ayol bo‘ldi. 32 yoshli tennischi yakkalik va juftlik chiqishlari bilan, Ayollar tennisi assotsiatsiyasi (WTA) ro‘yxatida 16-o‘rinda bormoqda. Juftlik bahslarida u 22 yoshli Darya Gavrilova (ro‘yxatda 56-o‘rin) bilan kortga chiqadi. Darya aslida Moskvada tug‘ilgan bo‘lib, keyinchalik Avstraliya sport fuqaroligini olgan.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiada o‘yinlari 2016 yilning 5-21 avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: