AQSh va Kanada Rossiya osmonida nazorat parvozini Kanadaning S-130 rusumli kuzatuv samolyoti yordamida amalga oshiradi, deya xabar bermoqda RIA «Novosti» agentligi. Bu haqda, Rossiya yadro tahdidini kamaytirish Markazi direktori Sergey Rijkov ma'lum qilgan.
Uning qayd etishicha, mazkur parvoz 4-9-iyul kunlari, Ochiq osmon shartnomasiga muvofiq bo‘lib o‘tadi. Parvozlar belgilangan yo‘nalish bo‘yicha tashkil etiladi. Samolyot bortidagi rossiyalik mutaxassislar, kelishuvga naqadar rioya etilishini nazorat etishadi.
Aniqlik kiritilishicha, S-130 Yoqutiston respublikasining Arktika okeani sohillaridagi Tiksi aerodromidan osmonga ko‘tariladi.
Rijkovning so‘zlariga ko‘ra, samolyot bortidagi barcha apparaturalar xalqaro tekshiruvdan o‘tkazilgan bo‘lib, unda rossiyalik mutaxassislar ham qatnashgan.
Foto:© Flickr/ michael_valiant