29 iyun kuniga o‘tar kechasi Istanbul shahridagi aeroportda amalga oshirilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilib, bugun, 3 iyul kuni yana 3 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar tarqatgan.
Bugungi kunga kelib, bu ish doirasida hibs qilinganlar soni 27 kishi bo‘lib turibdi.
Qayd etilishicha, qo‘lga olinganlarning 13 nafari teraktga bevosita aloqadorlikda gumon qilinmoqda, ularning 3 nafari xorijlik.