Suriya aviatsiyasi IShID va boshqa terrorchi guruhlarning bazalarini bombaladi. Suriyalik uchuvchilarning hujumi muvaffaqiyatli yakunlanib, jangarilarga jiddiy zarar yetkazilgan.
IShIDning Al-Tabka tumanidagi bazasiga havodan zarba berilishi orqali 2ta qo‘mondonlik punkti, qurol-yarog‘ ombori va jangarilarga tegishli transport vositalari yo‘q qilingan.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, Palmira shahri atrofidagi hududda hamda Homs viloyati sharqidagi As-Suxna va Xneyfis vodiylaridagi jangarilar ustiga Suriya aviatsiyasi tomonidan zarba berilgan.
Damashq shimolida amalga oshirilgan amaliyot natijasida IShIDning kamida 30 nafar jangarisi yo‘q qilingan. Bu hududda oy boshida Suriya samolyoti urib tushirilgandi.