«Real» Madrid shahri g‘aznasiga Angolaning yillik byudjyeti miqdoridagi mablag‘ni qaytarishi kerak

Sport 03:47 / 03.07.2016 8789

Yevropa Ittifoqi «Real» klubini davlatdan noqonuniy olingan yordamni Madrid shahri xazinasiga qaytarishi lozimligi haqida ogohlantirdi.

Financial Times xabariga ko‘ra, 1998 yili «Real» Las Tablas hududidagi yerni shahar meriyasidan 488 ming yevroga sotib olgan. Ma'lum vaqt o‘tgach esa, shu yerni meriyaga 22 mln yevroga qaytarib bergan. Bu esa Angolaning yillik byudjyeti miqdoriga teng.

Yevropa Ittifoqi komissiyasi talabiga ko‘ra, yerning narxi sun'iy ravishda oshirilgani sababli «Real» shahar g‘aznasiga 18,4 mln yevro mablag‘ni qaytarib berishi shart.

Eslatib o‘tamiz, sobiq yevrokomissar Xoakin Almuniya 2013 yildan buyon Ispaniyadagi bir qator klublarga qarshi tekshiruv ishlarini olib bormoqda. Uning ma'lumotiga ko‘ra, «Real», «Barselona», «Valensiya», «Elche», «Osasuna» va «Atletik» klublari davlatdan noqonuniy yordam olishda gumon qilinmoqda.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: