OAV: Iroq hukumati Al-Fallujadan qochib chiqqanida tutilgan 16 mingdan ortiq kishini qo‘yib yubordi

Jahon 22:15 / 03.07.2016 5642

Iroq hukumati harbiylar va xalq lashkarlari tomonidan IShID nazorati ostidagi Al-Falluja shahri qamali vaqtida shahardan qochib chiqqanida qo‘lga olingan 16 mingdan ziyod kishini ozod etdi. Bu haqda Al Arabiya xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Al-Fallujada yashagan minglab kishilar janglar vaqtida shaharni tashlab chiqqan. Ular tashqaridagi askarlar tomonidan IShIDga aloqadorlikda gumon qilinib, tutilgan.

Keyinchalik ularning asossiz tutib turilgani qayd etilib, ularni ozod etishga ko‘rsatma berilgan.

1 hafta oldin Iroq bosh vaziri Al-Fallujaning IShID qo‘lidan to‘la ozod etilgani haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: