YouTube’da Moskva shahri ko‘chalarida kezayotgan Mercedes-Benz Gelandewagen yo‘ltanlamaslarining videosi paydo bo‘ldi.
Avvalroq OAVda Moskvadagi o‘nlab yo‘ltanlamaslar federal xavfsizlik xizmati Akademiyasi bitiruvchilari tomonidan boshqarilgani haqida xabarlar chiqqan edi.
Bitiruvchilarning bu ishini tanqid qilib, federal xavfsizlik xizmatining iste'fodagi general-mayori Aleksandr Mixaylov chiqdi. U "Govorit Moskva" radiostansiyasi bilan suhbatda "organ faoliyatining asosiy ish tamoyili buzilgan”ligini aytib o‘tgan.