2010 yilda Smolenskda halokatga uchragan Polshaning sobiq prezidenti Lex Kachinskiyning egizi Yaroslav Kachinskiy mamlakatda hukmron partiya – “Huquq va adolat”ning yana bir bor rahbari lavozimini egalladi. Bu haqda PAP agentligi xabar bermoqda.
Kachinskiy nomzodi uchun 1008 delegat ovoz bergan, yetti nafari qarshilik qilgan, bir nafari betaraf qolgan. Kachinskiy bu lavozimda yana uch yil davomida faoliyat olib boradi.
«Yetti ovozning qarshiligi bizda qandaydir demokratiyaning mavjudligini ko‘rsatib turibdi. Aytish mumkinki, bu kerakli ovozlar edi», — deb izoh bergan siyosatchining o‘zi ovoz berish yakunlariga nisbatan.