Germaniya terma jamoasi hujumchisi Mario Gomes Yevropa chempionatining qolgan o‘yinlarida qatnasha olmaydi. Kecha bo‘lib o‘tgan Italiyaga qarshi o‘yinning 72 daqiqasida Gomes maydonni og‘riq tufayli tark etgandi.
Ma'lum bo‘lishicha, hujumchining mushaklari shikastlangan.
Undan tashqari, Germaniya terma jamoasining yana bir futbolchisi Sami Xedira ham Yevropa chempionatining qolgan qismida jamoasiga yordam bera olmasligi ma'lum bo‘lib ulgurgan.
Germaniya terma jamoasi Italiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, Yevropa chempionatining yarim finaliga yo‘l oldi. Nemislarning raqibi bugun Fransiya hamda Islandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda aniqlanadi.
Manba: Tribuna.uz