FT: Turkiya Rossiya bilan aloqalar yaxshilanishi ortidan Suriyadagi strategiyasini o‘zgartiradi

Jahon 15:05 / 03.07.2016 12524

Turkiya Suriya bo‘yicha strategiyasini o‘zgartirishni, xususan mamlakat prezidenti Bashar Asadga qarshi kurashuvchi guruhlarga yordam berishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Financial Times nashrida yozilishicha, endilikda rasmiy Anqaraning maqsadi Suriyada kurdlarga bosimni kuchaytirish va IShIDga qarshi kurashda faol ishtirok etish bo‘ladi

«Bir necha yil davomida alyanslar bilan aloqalari uzilishi, savdo hajmi qisqargani va terroristik hujumlar ko‘paygani tufayli Turkiya o‘zini xalqaro maydonda yolg‘izlanib qolgandek his qilmoqda. Mamlakat bir vaqtning o‘zida ichkarida va tashqarida kurdlarga, shuningdek, Suriyadagi IShIDga qarshi kurash olib borish natijasida holdan toygan», — deyiladi Financial Times muxbiri maqolasida.

Shu vaqtda Turkiya Rossiya bilan yaqinlasha boshladi va endi Suriyadagi strategiyasini o‘zgartiradi. O‘tgan haftada Istanbul aeroportidagi terakt uchun javobgarlikni Turkiya hukumati IShID zimmasiga yuklamoqda. Diplomatlar hali o‘z pozitsiyalarini bayon etishmayotgan bo‘lsada, hukumat nashrlarida yangrayotgan so‘zlar "ohangi o‘zgargan".

AQSh Atlantika kengashi tahlilchisi Aaron Steynning taxmin qilishicha, Turkiyaning Suriyadagi maqsadlari o‘zgarmoqda. Uning aytishicha, endilikda turklarning maqsadi faqat kurdlarga qarshi kurash bilan cheklanmaydi, IShIDga qarshi harbiy harakatlar ko‘lami ham kengaytiriladi. Buning uchun esa Anqaraga Moskaning ko‘magi kerak bo‘ladi.

Nashrning qayd etishicha, mavjud ma'lumotlar Turkiyaning Suriyadagi  siyosati o‘zgarishidan shu vaqtgacha Anqara tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelingan radikal guruhlar halokatli darajada zarar ko‘radi.

Ko‘proq yangiliklar: