Fransiya-Islandiya. «Elflar» ertagi davom etadimi?

Sport 23:05 / 03.07.2016 6508

3 iyul kuni Sen-Denidagi «Stad de Frans» stadionida Yevropa chempionatining chorak finalidagi oxirgi bahs turnir mezbonlari Fransiya va turnir kashfiyoti Islandiya o‘rtasida boshlanadi. O‘yinning boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 23:59ga belgilangan. 

Fransiya shu vaqtgacha 11 marta Islandiyaga qarshi maydonga tushgan va biron marta yutqazmagan: 8 g‘alaba va 3 durang. To‘plar nisbatidagi ustunlik - 30:8.

Oxirgi marta bu ikki terma jamoa  2012 yilning 27 mayida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. O‘sha o‘yinda Fransiya terma jamoasi irodali g‘alabaga erishgan, Valansendagi uchrashuv fransuzlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. O‘yinning birinchi bo‘limidagi gollarga Birkir Byarnason (27) va Kolbeynn Sigtorsson (34) mualliflik qilgan, Loran Blan shogirdlari safida esa Mate Debyushi (52), Frank Riberi (84) va Odil Rami (87) raqib darvozasini ishg‘ol etishgandi.

TRIBUNA.UZ ushbu uchrashuvdan matnli translyatsiya uyushtiradi.

Ko‘proq yangiliklar: