Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida istiqomat qiluvchi yuzlab kishilar kuchli yomg‘ir bo‘lishiga qaramasdan Lionel Messidan milliy terma jamoadan ketmaslikni so‘rab, miting uyushtirdi.
Mitingga chiqqan yomg‘ir ostidagi kishilar qo‘llarida Messiga chaqiriqlar bitilgan bannerlar, bayroqlar va Messining suratlarini tutgan holda uni qolishga chaqirmoqda.
Tadbirda ishtirok etgan kishilarning aniq miqdori ma'lum emas.
Bundan oldinroq uni terma jamoadan ketmaslik undalgan petitsiyaga 70 ming kishi imzo chekkandi.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli futbolchi Argentina terma jamoasining Amerika Kubogi–2016 finalida Chilidan (0:0, penaltilar bo‘yicha: 2:4) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng mamlakat termasidagi ishtirokini yakunlaganini e'lon qilgandi.
Argentina futboli afsonasi Maradona "Messi 2018 yilgi jahon chempionatiga borishi va yerda g‘olib bo‘lish kerak"ligi haqida aytib, uni qaytishga chaqirdi.
Shuningdek, Buenos-Ayresda Messiga haykal o‘rnatildi.
Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelayotgandi. 113 o‘yinda hujumchi 55 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lib, mamlakat termasining eng yaxshi to‘purariga aylangan.