Asad Suriyaning yangi hukumati tarkibini tasdiqladi

Jahon 21:30 / 03.07.2016 6594

Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatning yangi hukumati tarkibini tasdiqladi. Bu haqda prezident ma'muriyati tvitteriga asoslanib SANA agentligi xabar tarqatgan.

Elektr energetika vazirligining sobiq rahbari Imod Xamis hukumat rahbari etib tayinlandi.

Farmonga binoan, Tashqi ishlar vaziri Volid Muallim va Mudofaa vaziri Fahid al-Frij o‘z lavozimlarini saqlab qoldi. 

Shuningdek, Milliy birlashuv vaziri Ali Haydar ham o‘z lavozimida qolgan. 

Muxolifat vakillaridan hech kim yangi hukumat tarkibiga kirmadi.

Suriya Axborot vaziri etib Davlat televideniye vazirligining sobiq rahabri Muhammad Tarjiman tayinlangan. U bu lavozimda Umron az-Zoubining o‘rnini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Bashar Asad 22 iyun kuni Imod Xamisga yangi hukumatni shakllantirishni topshirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: