“Jaysh al Islom” terrorchilik tashkiloti jangarilari Damashq yaqinida qulagan harbiy samolyotning uchuvchisini o‘ldirishdi. Bu haqda Suriya qurolli qo‘mondonligi ma'lum qilgan.
“Terrorchilar jirkanch qotillikka qo‘l urishdi va uchuvchi-qahramon polkovnik Nursa Xasanni o‘ldirishdi. <...> Bu insoniyatga to‘g‘ri kelmaydigan qo‘rqoqlarcha harakat va asirlarga munosabatning xalqaro qonunlariga amal qilmaslikdir”, - deyiladi ma'lumotda.
Suriya qurolli kuchlarining ta'kidlashicha, terrorchilarning ushbu qilmishi “jazosiz qolmaydi”.