O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida soliq masalalari bo‘yicha Bayonnoma kuchga kiradi

O‘zbekiston 16:40 / 02.07.2016 6203

2016 yilning 3 iyul kuni 2016 yilning 8 martida Helsinki shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Finlyandiya Respublikasi o‘rtasidagi 1998 yil 9 apreldagi ikkiyoqlama soliq solinishini oldini olish hamda daromad soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida Bayonnoma kuchga kiradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bayonnoma soliqlarni to‘lashdan bosh tortishni bartaraf etish uchun soliq sohasidagi axborot almashinuvining samarali mexanizmlarini kengaytirishga hamda ularni undirib olishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga yo‘naltirilgan yangi qoidalarni Bitimga kiritilishini ko‘zda tutadi.

Mazkur xalqaro shartnoma soliqqa oid qonunbuzarliklarga qarshi kurashishda ikki tomonlama hamkorlikning mustahkamlanishiga va ikki davlat soliq qonunchiligiga amal qilinishini ta'minlashga xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: