Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Ramazon oyida nishonlanadigan "Qadr kechasi" sharafiga 612 kishini afv etdi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, prezident farmoni bilan 586 nafar Turkmaniston fuqarosi va 26 nafar xorijiy davlatlar fuqarolari jazo o‘tashdan ozod qilindi.
Berdimuhammedov afv etilgan kishilar Qadr kechasini o‘z oilalari davrasida qarshi olishlari uchun qisqa muddatlarda ozod qilish va ularga ishga joylashish masalalarida yordam berish vazifasini topshirdi.