Suriyadagi jangarilar egallab turgan pozitsiyalariga havo zarbalari berish uchun O‘rta yer dengizidagi «Admiral Kuznetsov» aviatashuvchi kreyseri samolyotlaridan foydalaniladi. Ular, 2016 yil oktabr oyidan 2017 yil yanvarigacha jangovar topshiriqlarni amalga oshiradi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi Moskvadagi harbiy diplomatik manbasiga tayangan holda.
Uning aniqlik kiritishicha, Xmeymim bazasi aviatsiya bo‘linmasi harbiy uchuvchilari hamda kema aviatsiyasi uchuvchilari o‘zaro hamkorlik qilishadi. Aviatashuvchi kema Suriya chegaralari yaqiniga langar tashlaydi.
Avvalroq, Rossiya Shimoliy flotidagi manba, mudofaa vazirligi «Admiral Kuznetsov» aviatashuvchi kreyserini 2016 yil yozida O‘rta yer dengiziga safarbar etmasligini bildirgan edi.