Rasmiy Seul 4 nafar fuqarosini Pxenyan foydasiga josuslik qilganlikda aybladi

Jahon 10:28 / 02.07.2016 4293

Janubiy Koreya respublikasi hukumati mamlakatning 4 fuqarosiga KXDR uchun harbiy josuslik qilganlik aybini ilgari surmoqda, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi. 

Yana 4 nafar janubiy koreyalik Shimoliy Koreya uchun josuslarni yollashda ayblanmoqda, deb xabar qilgan mamlakat razvedkaga qarshi kurash bo‘limi. 

Parlamentning razvedka qo‘mitasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, gumondorlar fuqarolik shaxslari hisoblanadi. Hozircha, ularning ismi-sharifiga oydinlik kiritilmagan. 

Aprel oyida, KXDR razvedkasining yuqori lavozimli mulozimi Janubiy Koreya tomonga o‘tgani xabar qilingan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: