Bangladesh poytaxtidagi jangarilar tomonidan egallab olingan restoranda boshlangan maxsus operatsiya vaqtida asirlar ozod qilingan, besh nafar jangari yo‘q qilingan va ikki nafari hibsga olingan. Bu haqda Xitoyning People's Daily nashri xabar bermoqda.
Nashr bergan ma'lumotga ko‘ra, 12 nafar asir ozod qilingan. Aynan shu raqamlarni Bangladesh politsiyasi ham tasdiqlagan. Ular orasida katta ehtimol bilan xorijlik ikki fuqaro ham bo‘lishi mumkin.
O‘z navbatida, The Daily Star 13 asir ozod etilganini, restorandan esa besh nafar jasad topilganini ma'lum qilmoqda.
Foto:Google image