Norvegiyaning neftgaz sohasi ishchilari, qirollik konlarida uglevodorodlarni qazib olishni 6 foizga pasaytirish mumkin bo‘lgan ish tashlashni o‘tkazmaydigan bo‘lishdi.
Ish beruvchi kompaniyalar hamda kasaba uyushmalari, muhlat tugaganidan so‘ng 4 soat o‘tgach, xodimlarning ish haqlari va qo‘shimcha ish soatlari uchun to‘lanadigan maoshlarni oshirish borasida kelishib olishdi.
Neftgaz mahsulotlari bozorida inqiroz davom etayotganiga qaramay, kasaba uyushmalari nafaqat ish haqlari oshirilishiga, balki ish beruvchilar uyushmasini, ishchilar bilan tuzilgan jamoa shartnomasini qayta ko‘rib chiqish rejasini ortga surishga majbur qila olgan.
Norvegiya neftgaz va xizmat ko‘rsatish kompaniyalari, raqobatbardoshlikni saqlash uchun xarajatlarni sezilarli kamaytirib, mehnat samaradorligini oshirishga harakat qilib kelmoqda. So‘nggi bir yarim yilda Norvegiyada sohaning 3,5 mingga yaqin xizmatchilari ishdan bo‘shatilgan.