Kiberxavfsizlik bo‘yicha mustaqil ekspert Tomas Uayt MySpace ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari akkauntlarining 427 milliondan ortiq paroldan iborat ma'lumotlar bazasini chop etdi.
Ma'lumotlar hajmi 14 GBdan ortiqni tashkil qiladi. Tadqiqotchi foydalanuvchilarga ularning profillari o‘tgan yili xakerlar hujumidan zarar ko‘rganmi yoki yo‘q - tekshirishni taklif qiladi. 2016 yilning may oyida yovuz niyatli kishilar ma'lumotlar bazasini internetning qora bozorida sotishga qaror qilishgan, shundan so‘ng MySpace ma'muriyati barcha parollarni tashladi.
Manbaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq akkauntlarining ma'lumotlari hech qanday qiziqish uyg‘otmaydi, biroq foydalanuvchi barcha saytlarga nisbatan bitta parolni qo‘llagan bo‘lsa, bu ma'lumot tovlamachilarga boshqa servislarga ham kirish imkonini beradi.