Klichkoning Tayson Fyuri bilan revansh jangi 29 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi

Sport 19:32 / 02.07.2016 4498

WBA va WBO tasniflari bo‘yicha o‘ta og‘ir vaznda jahon chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri 29 oktabr kuni ukrainalik bokschi Vladimir Klichko bilan revansh jangini o‘tkazadi. U Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda, Klichko menejyeri Bernd Bente ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda Worldboxingnews portali.

Avvalroq, Fyuri Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e'lon qilgan Klichko bilan 9 iyulda Manchesterda bo‘lishi belgilangan jang, to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli qoldirilgan edi. 

2015 yilning noyabr oyida Germaniyada bo‘lib o‘tgan 12 raundlik jangda, Fyuri hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Klichko ustidan ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongan va IBF, WBO va WBA tasniflari bo‘yicha professional boksning o‘ta og‘ir vazn toifasida jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgandi. Keyinchalik, britaniyalik bokschi majburiy himoyani o‘tkazishdan bosh tortgach, IBF kamari tortib olingandi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: