Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi restoranlardan biri terrorchilar tomonidan bosib olingach, u yerda bir qancha odamlar asirga olingan edi. Ular orasida 11 nafar italyan borligi ma'lum bo‘ldi. Ulardan biri qochib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Italiya TIV xabar bermoqda.
Avvalroq asirlar orasida yetti nafar italyan borligi xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Qurollangan noma'lum kishilar Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi diplomatlar kvartalidagi restoranlarga qarata o‘t ochishgan va ichkarida asirlar borligi haqida xabar berilgan edi. Bangladesh maxsus xizmati vakillari o‘tkazgan maxsus operatsiya chog‘ida 13 asir qutqarilib, 6 jangari yo‘q etildi.
Foto:© AP Photo