Musulmonlarga namoz ibodati vaqtini yodga soluvchi azon chaqirig‘i 1934 yildan beri ilk marotaba 2 iyul kuni Istanbulning Ayo Sofiya ibodatxonasida yangradi. Bu jarayonni TRT Diyanet TV telekanali jonli efirga uzatdi. Ushbu anjumanda Turkiya din ishlari boshqarmasi rahbari Mahmud Germez ham ishtirok etgan.
Aytish joizki, so‘nggi 4 yilda azon Ayo Sofiya minoralaridan eshitilar edi. Biroq, buning uchun so‘filar muzey hisoblanuvchi ibodatxonaning hududi emas, maxsus xonadan foydalanishar edi.
Bir vaqtlar Konstantinopol deb atalgan shaharning Ayo Sofiya ibodatxonasi ming yillardan ortiq vaqt mobaynida nasroniylik dini olamining eng yirik ibodatxonasi bo‘lib kelgan. Vizantiya imperiyasining qulashi va Konstantinopolning bosib olinishi bilan u masjidga aylantirilgandi.
Biroq, 1934 yili zamonaviy Turk davlati asoschisi Mustafo Kamol Otaturkning maxsus farmoniga muvofiq muzeyga aylantirilgan, 1985 yili YuNeSKOning jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgandi.
Turkiya prezidenti Rejyep Tayip Erdo‘g‘anning qaroriga ko‘ra, musulmonlarning ro‘za tutish oyi Ramazonda Ayo Sofiyada Qur'oni Karim xatmi yo‘lga qo‘yildi.
Gretsiya tashqi ishlar vazirligi, Erdo‘g‘anning qarorini tanqid qilgandi.
Foto:© RIA