Islom Karimov farmoni bilan mustaqillikning 25 yilligiga esdalik nishoni ta'sis etildi

O‘zbekiston 02:26 / 02.07.2016 21705

Prezident Islom Karimovning 1 iyuldagi farmoni bilan «O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishoni ta'sis etildi.

«O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi.

Esdalik nishonining old tomoni markazida quyosh nurlari fonida Mustaqillik maydonida joylashgan Mustaqillik va ezgulik monumentida aks ettirilgan Baxtiyor ona haykali tasvirlangan. Esdalik nishonining aylanasi bo‘ylab zarhal hoshiya bilan o‘ralgan oq emalli doirada «O'ZBeKISTON MUSTAQILLIGIGA» so‘zlari, pastki qismi markazida esa ikkita sakkiz qirrali yulduz oralig‘ida «25 YIL» yozuvi aks etgan.

Esdalik nishonining orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, pastki qismining markazida «2016» yozuvi tasvirlangan.

Esdalik nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ich bilan tutashtirilgan. Qadag‘ich O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi, eni 20 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan.

Ko‘proq yangiliklar: