Irkutsk oblastida Il-76 samolyoti halokatiga oid taxminlar ilgari surildi

Jahon 10:55 / 02.07.2016 11525

Rossiyaning Irkutsk oblastida mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli Il-76 samolyotining halokatiga texnik nosozlik va uchuvchilarning aybi sabab bo‘lgani ehtimol. RF tergov qo‘mitasining Sharqiy Sibir transport tergov boshqarmasi kriminalistika bo‘limi rahbari Oleg Serebrennikov shunday taxminlarni ilgari surmoqda. 

Serebrennikov ma'lum qilishicha, hodisaga oydinlik kiritish bo‘yicha operativ-tergov guruhi tashkil etilgan bo‘lib, samolyot topilishi bilan jinoiy ish ochish masalasi hal etiladi. 

Rossiya FVVga qarashli Il-76 samolyoti 1 iyul kuni Irkutsk oblastining Bayandayev rayonida tonggi 6-30lar atrofida radar ekranlaridan yo‘qolgan edi. 

U, o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda qatnashayotgan bo‘lgan. U bilan aloqa 3 ming metr balandlikda yo‘qolgan. Samolyot bortida 10 kishi bo‘lgani xabar qilinmoqda. 

 

Foto:TASS, arxiv


 

Ko‘proq yangiliklar: