Xorazm viloyatida “Yoshlar xaftaligi” festivalining yakuniy gala konserti bo‘lib o‘tdi

Jamiyat 15:36 / 02.07.2016 15259

2016 yilning 11-25 may kunlari Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan  “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim” shiori ostida “Yoshlar haftaligi” o‘tkazildi. Tadirni viloyat hokimi Bobojonov Po‘lat Razzoqovich ochib berdi. 

Kontsert dasturi olididan tumanlardan tashrif buyurgan yoshlar tomonidan mustaqilligimizning 25 yilligi munosobati bilan “25” aksiyasiga bag‘ishlangan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Xorazm viloyatining markazidagi “Avesto” majmuasida O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, G‘ofur va G‘ulom Eshchanovlar, O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artistlar To‘lqin Jabborov, Maxset O‘tamurodov, Nihol davlat mukofoti sovrindorlari Malika Egamberdiyeva, Jayxun Matmurodov, Dilmurod Sultonovlar hamda opera ijrochisi Aminzoda Jumaniyozovlar ishtirokida gala konsert dasturi bilan yakunlandi. 

Festivalni tashkil etishdan asosiy maqsad – yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, demokratik o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishtirish, yoshlarni diniy ekstremizm va “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta'sirlaridan asrash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.

Haftalik doirasida viloyat targ‘ibot guruhlari tomonidan 

“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz”, “Ommaviy madaniyat va yoshlar ma'naviyati”, “Odam savdosi – davr muammosi”, “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid”, “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?”, “Millatlararo totuvlik – taraqqiyot omili”, “Qalbimda ulug‘lay seni Vatanim!”, “Biz milliy qadriyatlar tarafdorimiz”, “Buyuklarga beshik bo‘lgan yurt!”, “Kitob – bilim  manbai” loyihalari doirasida har bir hududda 10 dan ortiq (jami 110 ta) targ‘ibot tadbiri viloyat, tuman (shahar) hokimliklari, viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi hududiy birlashmasi, Ogahiy nomidagi viloyat drama teatri, Urganch davlat universiteti, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, “O‘zdaryotrans” milliy agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilib, ularda jami 60 000 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Ushbu haftalik viloyatning eng chekka hududlaridagi yoshlarni ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, demokratik o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishtirish bilan bir qatorda, o‘zlarining iqtidorlarini namoyon qilishlarida, umuman olganda, yangi iste'dodlarni kashf qilishda muxim ahamiyat kasb etdi.

Ko‘proq yangiliklar: