Germaniyalik pilot, «Ferrari» jamoasi a'zosi Sebstyan Fettelga Sky Sport Italia jurnalisti futbol bo‘yicha Italiya terma jamoasi futbolkasini bermoqchi bo‘ldi. Fettel esa bu sovg‘ani qabul qilmadi.
«Yaxshisi buni o‘zingizda qoldiring. U bilan o‘yindan keyin ko‘z yoshlaringizni artasiz», degan italiyalik jurnalist qizga javoban Fettel.
Shu tariqa, 28 yoshli pilot bu qarama-qarshilikda Germaniya Italiyani yengishiga ishonch bildirgan.
Germaniya — Italiya uchrashuvi 2 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.55da boshlanadi. «Tribuna.uz» ushbu uchrashuvdan onlayn-translyatsiya uyushtiradi.