2 iyun kuni futbol bo‘yicha Fransiyada o‘tkazilayotgan Yevropa chempionatining navbatdagi chorak final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Maydonda Belgiya va Uels terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi.
Aytish mumkinki, o‘yinning boshidanoq Belgiya terma jamoasining ustunligi sezila boshladi. Ana shunday xatti-harakatlar 13-daqiqaga kelib, Raja Nainggolanning goli bilan yakunlandi. 1:0 hisobida belgiyaliklar oldinga chiqib olishdi. Ammo Uels ham o‘z ruhiy muvozanatini yo‘qotmadi. Jamoa qarshi hujumlarda, yakkama-yakka kurashlarda munosib o‘ynay boshladi. Uchrashuvning 30-daqiqasiga keliyu Uels vakili Eshli Uilyamsning zarbasi hisobning tenglashishiga sabab bo‘ldi.
Ikkinchi taym boshlanib, jamoalar maydonga tushib kelishgach, yanada shiddatli o‘yin ko‘rsata boshlashdi. Ammo aytish mumkinki bu safar katta sahanaga uelsliklar chiqdi. Tinimsiz hujumlar samarasi o‘laroq 55-daqiqada Robson-Kanu Belgiya darvozasini ishg‘ol etdi.
Shundan so‘ng Belgiya terma jamoasi o‘yinida sezilarli pasayish kuzatildi. Va nihoyat uchrashuvning 85-daqiqasida barchasi hal bo‘ldi. Vouksning zarbasi Uelsga yarim final yo‘llanmasini olib berdi.
Uchrashuvda Uels termasi 48 foiz to‘pga egalik qilgan bo‘lsa, Belgiyada bu ko‘rsatkich 52 foizni tashkil etdi. Ammo Uels raqibi darvozasiga 15 marta aniq zarba yo‘llagan bo‘lsa, Belgiya 14 marta bu ishni amalga oshirdi.
Shunday qilib, Yevropa chempionatining yarim finalida ikki ikki futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu va Garet Beyl o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi.
Yevro - 2016. 1/4 Final.
Uels - Belgiya 3-1
Gollar: Nainggolan 13', Uilyams 31', Robson-Kanu 55', Vouks 86.
Uels – Xennessi, Uilyams, Devis, Teylor, Chester, Robson-Kanu (Vouks, 80), Allen, Beyl, Remzi (Kollinz 90), Ledli (King, 78), Ganter.
Belgiya –Kurtua, Alderveyreld, Lukaku (Mertens, 75), Mene, Denayyer, Nainggolan, Vittsel, de Bryuyne, Ferreyra Karrasko (Fellayni, 46), Azar, Lukaku (Batshuayi, 83).
Ogohlantirishlar: Devis (5), Chester (16), Ganter (24), Fellayni (59), Remzi (75), Alderveyreld (85).