Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Joau Moutinyu Yevro-2016 turniri chorak finalida Polshaga qarshi o‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangach, jamoa sardori Krishtianu Ronalduning tanlovi bilan penaltilar seriyasida ishtirok etdi.
Penaltilar seriyasi boshlanishidan oldin Ronaldu terma jamoa bosh murabbiyi Fernandu Santush bilan maslahatlashgan va Moutinoni oldiga chaqirib, unga 11 metrdan zarba beruvchi dastlabki 5 futbolchidan biri bo‘lishi kerakligini aytgan.
Ronalduning o‘zi nuqtaga birinchi bo‘lib yaqinlashib, zarbani aniq amalga oshirdi. Moutino esa uchinchi bo‘lib zarba berdi va u ham adashmadi. Penaltilar seriyasida Portugaliya futbolchilari barcha 5ta zarbani aniq amalga oshirib, 5:3 hisobida g‘alaba qozondi.