Yevro-2016: Italiya futbolchilari Germaniyaga qarshi o‘yinga motam bog‘ichi taqqan holda tushadi

Sport 21:58 / 02.07.2016 7528

Italiya terma jamoasi futbolchilari  Yevropa chempionati chorak finalida Germaniyaga qarshi o‘yinda Bangladeshdagi terakt qurbonlarini xotirlaydi. Bu haqda Football Italia xabar tarqatdi.

Biroz oldinroq ushbu teraktda qurbon bo‘lganlarning aksari Italiya va Yaponiya fuqarolari bo‘lgani haqida xabar berildi.

2 iyulga o‘tar kechasi qurollangan noma'lum kishilar Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi diplomatlar kvartalidagi restoranlarga qarata o‘t ochishgan va ichkaridagilarni asirga olgandi. Bangladesh maxsus xizmati vakillari o‘tkazgan maxsus operatsiya chog‘ida 13 asir qutqarilib, 6 jangari yo‘q qilindi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra hujum natijasida 26 kishi qurbon bo‘lgan.

Germaniya — Italiya uchrashuvi 2 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.55da boshlanadi. «Tribuna.uz» ushbu uchrashuvdan onlayn-translyatsiya uyushtiradi.

Ko‘proq yangiliklar: