Dakkada jangarilarning hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 26 kishiga yetdi

Jahon 16:31 / 02.07.2016 4299

Bangladesh poytaxti Dakkadagi restoranlardan biriga jangarilar tomonidan hujum qilinishi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi. Ulardan olti nafari jangarilardir. Bu haqda mamlakat armiyasi ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar bermoqda. Halok bo‘lgan asirlardan ko‘pchiligi xorijlik bo‘lib, asosan Italiya va Yaponiya fuqarolaridir.

Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, 13 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. Ular ichida bir nafar yaponiyalik va ikki nafar Shri-Lanka fuqarosi bo‘lgan. Bir nafar jangari qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, jangarilar 1 iyul kuni Dakkadagi O'kitchen restoraniga hujum qilib, ichkaridagi bir qancha odamlarni asirga olishgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: