Bangladesh poytaxtidagi jangarilar tomonidan egallangan restoran ichidagi asirlardan biri qochishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Mahalliy telekanallarning ma'lum qilishicha, kafe ichidan 10 kishini evakuatsiya qilishga muyassar bo‘lingan. Ular ichida ikki nafar xorijlik bor. Ammo xabar hali tasdiqlanmagan.
Kuch ishlatar organlarning ma'lum qilishicha, operatsiyaga maxsus xizmatning 100 dan ziyod xodimi ishtirok etmoqda. Otishma to‘xtatilgan, xodimlar hamon bino ichida.
The Daily Star voqea joyidan ma'lum qilishicha, tez yordam mashinasi ikki nafar yaradorni shifoxonaga olib ketgan.