BMT bosh kotibi 6-10 iyul kunlari Xitoyga tashrif buyuradi

Jahon 02:08 / 02.07.2016 4210

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun kelasi haftada Xitoyga tashrif buyuradi hamda bu yerda mamlakat rahbari bilan uchrashadi. Bu haqida BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi

"6 iyul, chorshanba kuni bosh kotib Nyu-Yorkdan Pekinga tashrif buyuradi. Ertasi kuni u XXR raisi Si Tszinpin hamda rasmiy davlat vakillari bilan uchrashadi, jumladan, bosh vazir Li Ketsyan, Davlat Kengashi a'zosi Yan Tszechi va tashqi ishlar vaziri Van I", - dedi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif davomida Pan Gi Mun nogironlar huquqiga doir Konventsiyaning qabul qilinganiga 10 yil to‘lishi munosabati bilan Pekinda bo‘lib o‘tadigan an'anaviy uchrashuvda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari bosh kotib Xanchjou va Suchjou shaharlaridagi boshqa tadbirlarga ham tashrif buyuradi. 

Dyujarrikning ma'lum qilishicha, BMT bosh kotibi 10 iyul kuni Xitoyni tark etib, Nyu-Yorkka qaytadi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: