Banklarda konvertatsiya kartalaridan foydalanishga cheklov qo‘yildi

O‘zbekiston 13:30 / 02.07.2016 35699

O‘zbekistonning tijorat banklari 2016 yilning 1 iyulidan konvertatsiya kartalaridan foydalanishga cheklov qo‘ydi. Bu haqida Gazeta.uz nashri xabar qildi. 

Banklar 1 iyuldan e'tiboran konvertatsiya kartalaridan naqd pul yechib olishni oyiga 300 dollar etib belgiladi.

KDB Bank Uzbekistan'ning e'lonida bunday chora pul vositalari va konvertatsiya kartalari bo‘yicha o‘tkaziladigan tranzaksiyalar xavfsizligini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilganligi ma'lum qilingan.  

Bank xabariga ko‘ra, konvertatsiya kartalaridan asosan Turkiya, Xitoy va Birlashgan Arab Amirligida joylashgan chakana va ulgurji savdo korxonlarida nosanksiyaviy foydalanish holatlari ko‘payib ketgan. 

Shu munosabat bilan, 2016 yilning 1 iyulidan yuqorida nomlari qayd etilgan mamlakatlardagi chakana va ulgurji savdo terminallarida konvertatsiya kartalaridan foydalanishga doir cheklovlar o‘rnatildi. Mehmonxonada yashash, ovqatlanish, davolanish va o‘qish uchun hisoblashganda, kartalardan foydalanish mumkin. 
 

Ko‘proq yangiliklar: