Bangladesh mamlakatdagi terakt sabab ikki kunlik milliy motam e'lon qildi

Jahon 23:10 / 02.07.2016 7348

Bangladesh hukumati mamlakat poytaxtida sodir etilgan teraktdan so‘ng ikki kunlik milliy motam e'lon qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri e'lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1 iyul kuni qurollangan jangarilar guruhi Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi diplomatlar kvartalida joylashgan restoranlardan biriga hujum qildi. Bundan tashqari, jangarilar restoran ichida bo‘lgan odamlarni garovga ham olishdi.

O‘tkazilgan maxsus operatsiya vaqtida 13 kishi garovdan ozod qilindi. Olti terrorchi yo‘q qilindi. Terakt oqibatida 28 kishi qurbon bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: