Bangladesh armiyasi vakili: “Jangarilarning restoranga hujumi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi”

Jahon 13:37 / 02.07.2016 5999

Bangladesh armiyasi vakilining ma'lum qilishicha, terrorchilarning mamlakat poytaxtidagi restoranga qilgan hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 kishini tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, Qurollangan noma'lum kishilar Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi diplomatlar kvartalidagi restoranlarga qarata o‘t ochishgan va ichkarida asirlar borligi haqida xabar berilgan edi. Bangladesh maxsus xizmati vakillari o‘tkazgan maxsus operatsiya chog‘ida 13 asir qutqarilib, 6 jangari yo‘q etildi.

 

Foto:© AP Photo

Ko‘proq yangiliklar: