Apple AQShning Kaliforniya shtatida Apple Campus 2 shtabini qurmoqda

Fan-texnika 22:34 / 02.07.2016 8060

YouTube’da Apple kompaniyasi AQShning Kaliforniya shtatida yangi shtab qurayotgani haqidagi video paydo bo‘ldi.

Ushbu loyiha amalga oshirilayotganida hali Stiv Jobs hayot edi.

Video DJI Phantom 3 Professional droni orqali suratga tushirilgan. Unda kampus qurilayotganligiga guvoh bo‘lish mumkin.

Ushbu bahaybat kampusning qurilishiga 5 milliard dollar ajratilgan. Uning qurib bitkazilish sanasi 2016 yilning oxirlarida mo‘ljallangan.

Ko‘proq yangiliklar: