Avstraliyalik suzuvchi ayol Keyt Kempbell, 100 metrga erkin suzish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
2-iyul kuni Brisben Gran-prisida ishtirok etgan sportchi 52,06 soniyada finishga yetib kelib, 2009 yili nemis suzuvchi ayoli Britta Shteffen (52,07) o‘rnatgan rekordni yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
Kempbell 2012 yilgi Olimpiada o‘yinlarida 4x100 metrga erkin uslubdagi suzish estafetasida oltin medalni yutib olgan edi. Bundan tashqari, u 2008 yilgi Olimpiadaning (erkin uslubda 4x100 metrga estafeta, 50 metrga suzish) 2ta bronza medaliga ham ega. Keyt shunindek, jahon chempionatlarining turli sovrinlarini qo‘lga kiritgan va ikki bor barcha raqiblaridan ustun kelgan.