Chexiyalik futbol agenti Shandor Varga Chexiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Pavel Vrbaning «Anji» klubiga o‘tishi bilan bog‘liq vaziyatni izohladi.
«Uning Chexiya terma jamoasidagi maoshi bilan Rossiyadagi maoshini taqqoslab ko‘ring. U Chexiyada 1 yilda ishlab topgan pulini Rossiyada 1 oyda oladi.
Umuman olganda Vrba yaxshi murabbiy, uning jamoalari chiroyli, hujumkor o‘yin namoyish etib kelishgan. Lekin Chexiya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatidagi ishtirok omadli chiqmadi. Bu yomon ishtirok emasdi, masalan chexlar guruh bosqichidan chiqqan vengrlar 5 marta o‘ynasa, 4tasini g‘alaba bilan yakunlay olishadi.
Vrba rus tilida yaxshi gapiradi, rus mentalitetini biladi. Uning rossiyalik do‘stlari ko‘p. Bu omil «Anji» klubini tanlashda muhim o‘rin tutdi. Shaxsan men Rossiya futbolida shunday murabbiy paydo bo‘lgani uchun xursandman. «Anji» endi juda ko‘p ajoyib o‘yinlarni o‘tkazadi», — deya ishonch bildiradi Varga.