Xar 2,5 yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashlarining konferensiya hisobot-saylovlari bo‘lib o‘tadi. 2016 yil 1 iyul kuni ham O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi VII Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu Konferentsiyada “Kamolot” YoIH Uchtepa tumani Kengashi va Nazorat-taftish komissiyasining o‘tgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisoboti va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan navbatdagi vazifalari haqida to‘liq ma'lumot berildi. Unga ko‘ra hisobot davrida Kengash tomonidan umumiy hisobda 1 514 ta loyiha va tadbirlar tashkil etilgan bo‘lib, 193 691 nafar yoshlar jalb etilganligi ma'lum bo‘ldi. Shuningdek, “Odam savdosi – davr muammosi” targ‘ibot loyihasi, “Milliy xalq o‘yinlari” festivali, “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqalari, “Har bir yoshga bir nihol” loyihasi va yoshlar hasharlari, “Kamalak” bolalar tashkilotiga oid tadbirlar va bir qator loyihalar yuqori saviyada o‘tkazilgan.
Kun tartibidagi keyingi masalalar bo‘yicha “Kamolot” YoIH Uchtepa tumani Kengashi Nazorat-taftish komissiyasi yangi tarkibi 5 nafar a'zolardan, “Kamolot” YoIH Uchtepa tumani Kengashi esa 21 kishidan iborat bo‘lishi tasdiqlab olindi. “Kamolot” YoIH Uchtepa tumani Kengashi raisi etib magistrant, 2013-2016 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Rahmonberdiyev Oybek Mo‘minjon o‘g‘li ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi. Tuman Kengashi yangi saylangan raisining kelgusidagi faoliyatiga omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!
“Kamolot” YoIH Uchtepa tumani Kengashi matbuot bo‘limi